⚡️ Nega xotin-qizlar uchun ajratilgan grant tavsiyanomasini olishda ijtimoiy daftarda turish talab qilinmoqda?
So‘nggi kunlarda
http://my.gov.uz/ portali orqali ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti tavsiyanomasiga ariza topshirishda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Ko‘pchilik nizomdagi toifalarga mos kelsa-da, “Ijtimoiy reyestr” yoki daftarlarda bo‘lmagani uchun ariza yubora olmayotganini aytmoqda.
📌 Vaziyatga rasmiy tushuntirish:
http://my.gov.uz/ portalidagi ushbu xizmat tasdiqlangan vaqtinchalik ma’muriy reglament asosida ishlaydi. Unga ko‘ra, ariza topshirishda ijtimoiy daftarlardan birida turish majburiy shart qilib belgilangan.
⚙️ Tizim qanday ishlaydi?
1️⃣ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar vakillari uchun tavsiyanoma avtomatik shakllantiriladi.
2️⃣ Agar talabgor “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”dan birida ro‘yxatda tursa, quyidagi mezonlardan biriga mos kelishi kerak:
🔹 Otasi yoki onasi (yoki ikkalasi ham) vafot etgan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan ijtimoiy muhtoj qizlar;
🔹 Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan muhtoj ayollar;
🔹 Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
🔹 Ikki va undan ortiq farzandni tarbiyalayotgan, alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qizlari;
🔹 Ota-onasidan biri yoki har ikkisi I yo II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
⚠️ DIQQAT! Agar mezonlarga mos kelsangiz-u, lekin daftarda bo‘lmasangiz nima qilish kerak?
Siz avvalo o‘zingiz yashayotgan hududdagi Mahalla fuqarolar yig‘iniga (MFY) murojaat qilishingiz va qonunchilik asosida tegishli daftarga kiritilishingiz lozim.
Oila daftarga kiritilgandan so‘nggina,
http://my.gov.uz/ portali orqali ariza muvaffaqiyatli yuboriladi.
👉 Obuna bo‘ling -