
Academic plogging navbatdagi tadbiri yuqori kayfiyat, jamoaviy ruh va ekologiyaga befarq bo‘lmagan ishtirokchilar bilan muvaffaqiyatli o‘tkazildi! 💚
📊 Natijalar:
— 84 nafar ishtirokchi
— 104 qop chiqindi yig‘ildi
— 87 ta plastik idish
— 19 ta shisha idish
♻️ Atrof-muhitni tozalash yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘yildi!
🎁 Tadbir yakunida ishtirokchilarga akademiya rahbariyati tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari omadli 25-nafar ishtirokchilar uchun ekologiyaga oid seminar-trening o'tkazildi hamda sertifikatlar topshirildi.
🤝 Tashkent Ploggers jamoasiga, faol ishtirok etgan OTM talabalari hamda xorijlik, xususan koreyalik ishtirokchilarga alohida minnatdorchilik bildiramiz!
📸 Ekologik harakat-ploggingdan eng yorqin lahzalarni siz bilan ulashamiz!
🌍 Sizlar bilan birgalikda yanada toza va sog‘lom muhit sari intilamiz!
Academic Plogging bilan birga bo‘ling va tabiatni asrang! 🌱💪









