
Ota-onamning tarbiyamizdagi oāziga xos uslublari
1. Onam barcha farzandlarida otamiz haqida ularning oāta mehribonliklari, lekin jaxllari chiqsa oāta qattiqqoālliklari haqida tasavvur uygāota olganlar. Shaxsan oāzim adajonimdan qattiq gap eshitmasdan katta boālgan boālsamda, ularni jaxllarini chiqarib, xafa qilib qoāyishdan hayiqib turar edim. Onajonim otajonimni oiladagi mayda ishlarga aralashtirmaganlar. Farzandlar noātoāgāri ish qilib qoāyganda ham oāzlari toāgāri yoālga boshlagan. āAgar ota hadeb farzandlarni urushayversa, otani haybati, obroāsi ketib qoladi. Bir safar yaxshi gapiradi, keyin urushadi, keyin urushiga toāgāri keladi. Sizlarni betlaringiz qotmasligi uchun, bitta soāzni oāzi yetarli boālishi uchun otangizni aralashtirmaganmanā, deydi onajonim.
2. Adajonim farzandlari bilan oāzlarini olib qochmasdan, har-qanday mavzuda ish, oāyin, sport, dars, ilm, sogālik boālsin, istalgan mavzuda gaplashganlar. Suxbatni yoshimizga yarasha qiziqarli olib bora olganlar. Farzandlar oāsmir vaqtida oāzlarini olib qochsa ham, ular bu vaqtinchalik ekanligini bilib, butun oilani bir suxbat, bir ilm majlisi atrofida yigāa olganlar. Natijada ota va farzandlar oārtasida chegaralar, tortinish va toāsiqlar boālmagan. Hissiy bogāliqlik yuzaga kelgan.
3. Onajonim ota va farzand oārtasida hissiy bogāliqlik paydo boālishi uchun katta rol oāynaganlar. Har bir oilada boālgani singari bizda ham barcha farzandlar nima savoli, istagi boālsa onaga murojaat qilishgan. Onajonim esa bizni āadangdan soāra, adangkku begonamasā deb faqat oāzimizga qoāyib berganlar. Undan oldin esa otajonimga ābolalar oldingizga borganida chiroyli javob bering, unday deng, bunday dengā deb tayinlab qoāyar ekanlar. Natijada farzandlar faqat onaga bogālanib qolishmagan.
4. Adajonim farzandlarni aldamaslikka juda qattiq eātibor berganlar. āKel bir narsa beramanā, deb chaqirganda doim berganlar. Ilmga qiziqtirishda ham āFalon natijaga erishsang, falon narsani olib beramanā deganlarida ham doim vaādalarida turganlar. Biror joyga aylanishga olib borishni aytganlarida ham doim soāzlaridan chiqqanlar. Natijada, aldamaslik farzandlarga katta oārnak boāldi. Hamda ilmga qiziqishimizda bu uslublari katta rol oāynadi.
5. Dasturxonda oilaviy yigāilib oātirganda yoki farzandlar oldida qoāshni, qarindosh va boshqalarni muhokama qilmaslikka onajonim qattiq eātibor berganlar. Ayniqsa gāiybat qilmaslikka, kimningdir biror yutuqqa erishgani haqida gap ketganda baxillik bilan, salbiy nazar bilan gapirmaslikka ahamiyat berishgan. Natijada farzandlarda koārolmaslik, ichi qoralik, baxillik shakllanmagan (Allohning izni bilan)
6. Otajonimning biror marta qovoqlarini uyib, jaxl qilib, baqirib ovozlarini baland koātarganlarini koārmaganman. Hattoki bizneslari bankrotlik darajasida boālganida ham ishdagi kayfiyatlarini uyga olib kelganlarini bilmayman. Bu holat farzandlarga sabrli boālishni haqiqiy maānoda oārgata oldi.
7. Onajonimning yana bir oāziga xos uslublaridan biri - bu farzandlarni nafsini va koāzini toāq qilish edi. Onajonim mehmonga borganlarida bolalar dasturxonga koārmagandek yopishishlarini yoqtirmasdilar. Shuning uchun, oāz farzandlarini koāzini toāqlatib katta qilish uchun nimani yegisi kelsa uyga olib kelib qoāyar, mehmonga deb berkitib qoāymasdilar. Bir necha oy davomida kg kg pista-bodomlar, shokolad va shirinliklarni yeb tugatganimizda ham urushmasdan yana olib kelib qoāyaverar edilar. Bu ish vaqt oātib oāz natijasini berdi, dasturxonda oylab noz-neāmatlar turadiki oiladagilarning koāzlari toāyganidan qoāl tekkizilmaydi. Pista-bodomlar, shirinliklar yeyilmaganidan aynib ham qoladi.
8. Adajonim ilmga qiziqtirishda yaxshi uslub qoāllaganlar. Butun oilani yigāib oilaviy kitobxonlik qildirardilar. Faqat farzandlar emas, ota-onamizning oāzlari ishtirokida navbatma navbat bir bob yoki maālum betlardan kitob oāqir edik. Ota-onamizning bu harakatlari farzandlarga yaxshigina oārnak boālgan. Oāqi deyish emas, oāqib berish kerakligini tushunganman.
Davomi boālsinmi?